"Gazprom" O'zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirdi

Iqtisodiyot

Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi ikki barobarga oshdi.

"Gazprom" O'zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirdi
Ayni paytda O'zbekistonga gaz yetkazib berish "O'rta Osiyo ─ Markaz" gaz quvuri orqali mumkin bo'lgan maksimal hajmlarda amalga oshirilmoqda.

"Dekabr oyida Oʻzbekistonga ham sovuq keldi va oʻzbekistonlik doʻstlarimiz, hamkasblarimiz Oʻzbekistonga gaz yetkazib berishni imzolangan shartnoma boʻyicha kunlik majburiyatlarimizdan ikki baravar koʻproq hajmda oshirishimizni soʻrashdi. Va hozirda biz dekabr oyida O'zbekistonga "O'rta Osiyo - Markaz" gaz quvuri orqali eng texnik jihatdan etkazib berilishi mumkin bo'lgan eng ko’p gaz hajmini etkazib bermoqdamiz", — dedi “Gazprom” rahbari Aleksey Miller Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog’ida.

Miller, shuningdek, “Gazprom” tuzilgan shartnomaga muvofiq, O‘zbekistonga gaz yetkazib berish bo‘yicha so‘rovlarni to‘liq bajarayotganini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing