Tramp: «Yaqin Sharqdagi mojaro uzoq davom etmaydi»
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqdagi vaziyat, Eronning yadro dasturi va global xavfsizlik masalalari bo‘yicha keskin bayonotlar berdi. U mojaro tez orada yakunlanishiga ishonch bildirdi.
Trampning ta’kidlashicha, Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinligicha qolmoqda, biroq mojaro uzoq davom etmaydi.
U Eronning yadro quroliga ega bo‘lish ehtimolini jiddiy xavf deb baholab, bunday holat butun mintaqaga tahdid solishini aytdi.
Shuningdek, u AQShning harbiy choralarini eslatib, ilgari joylashtirilgan raketa tizimlari katta urushning oldini olganini bildirdi.
Harbiy salohiyat haqida gapirar ekan, u B-2 strategik bombardimonchisining imkoniyatlarini alohida ta’kidladi.
Tramp AQShning Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniyadagi harbiy kontingenti haqida ham ma’lumot berdi.
U Kubaga nisbatan ham keskin fikr bildirib, uni “ozod qilish yoki egallash” imkoniyatini tilga oldi.
Shu bilan birga, Tramp urushlarni istamasligini va ularni kamaytirish tarafdori ekanini qayd etdi.
Eron generali Qosim Sulaymoniy haqida gapirar ekan, u uni shafqatsiz, ammo iste’dodli harbiy rahbar deb baholadi.

Powered by Froala Editor