“Gazprom” va Qozog‘iston uzoq muddatli gaz yetkazib berishni muhokama qildi

Iqtisodiyot

Tomonlar avvalroq tabiiy gazni yetkazib berish, tashish va qayta ishlash, shuningdek, uni geologiya-qidiruv va qazib olish bo‘yicha strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi.

“Gazprom” va Qozog‘iston uzoq muddatli gaz yetkazib berishni muhokama qildi
“Gazprom” rahbari Aleksey Miller va Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar Rossiya gazini uzoq muddatli yetkazib berish va tashish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda xolding bayonotida aytiladi.

Ishchi uchrashuv 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

“Tomonlar noyabr oyida imzolangan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini, xususan, Rossiya tabiiy gazini uzoq muddatli yetkazib berish va tashish istiqbollarini muhokama qildi”, deyiladi xabarda.

Noyabr oyi boshida “Gazprom” va Qozog‘iston tabiiy gazni yetkazib berish, tashish va qayta ishlash, shuningdek, uni geologiya-qidiruv va qazib olishga taalluqli strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi.

Qayd etilishicha, Iyun oyida O'zbekiston "Gazprom" bilan gaz sotib olish to'g'risida ikki yillik shartnoma tuzdi. Sutkasiga yetkazib berish hajmi 9 mln kub.m, yillik yetkazib berish hajmi esa deyarli 2,8 mlrd kub.m.ni tashkil etadi. Ushbu kelishuv bo'yicha yetkazib berish 2023-yil 7-oktyabrda boshlangan.

Shu bilan birga, “Gazprom” va Qozog‘iston hozirda Ostona shahrini gazlashtirish uchun yetkazib berish yo‘nalishi ustida ishlamoqda, kompaniya Qozog‘iston va O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini oshirish uchun yangi yo‘nalishlar va “Buxoro-Ural” gaz quvurini ham ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, “Gazprom” O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali uchinchi davlatlarga gaz tranzitini istisno qilmaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing