Germaniya kompaniyasi O'zbekistonda 3,4 milliard yevrolik loyihalarni amalga oshirish niyatida
Biznes
Germaniyaning Siemens kompaniyasi O'zbekistonda 3,4 milliard yevrolik qo'shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya Surxondaryoda bug' - gaz qurilmalarini, shuningdek Navoiy viloyatida fotoelektr stansiyalarini quradi.
Kecha, 31 may kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o'rinbosari Sarvar Хamidov Germaniyaning Siemens Energy kompaniyasining Yevropa mintaqasi bo'yicha prezidenti Ariel Poratni qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar 3,4 mlrd yevro miqdoridagi qo'shma loyihalarni amalga oshirishni, shu jumladan Surxondaryo viloyatida bug' - gaz qurilmasini, shuningdek, "Navoiyazot" AJ negizida fotoelektr va issiqlik elektr stansiyalarini qurishni muhokama qildilar.
Bundan tashqari, uchrashuvda raqamlashtirish, metallurgiya, elektrotexnika, vodorod energetikasi, shuningdek, neft-gaz sanoatini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muzokaralar yakunlari bo'yicha aniq investitsiya loyihalari, bosqichma-bosqich mexanizmlar va amalga oshirishning aniq muddatlarini o'z ichiga olgan qo'shma "yo'l xaritasi" ni tasdiqlash to'g'risida kelishuvlarga erishdilar.
Siemens nemis ko'p millatli konglomerat korporatsiyasi va Yevropadagi eng yirik sanoat-ishlab chiqarish kompaniyasi. Bosh qarorgohi Myunxenda joylashgan va bir nechta xorijiy filiallarga ega.

Powered by Froala Editor