Germaniya moliya vaziri mamlakat qashshoqlashayotganini aytdi

Iqtisodiyot

Iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyati yo‘qligi tufayli Germaniya qashshoqlashib bormoqda. Bu haqda Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner “Bloomberg” agentligining Frankfurtdagi tadbirida ma’lum qildi.

Germaniya moliya vaziri mamlakat qashshoqlashayotganini aytdi
"Biz endi raqobatbardosh emasmiz. Iqtisodiy o‘sish yo‘qligi sababli biz qashshoqlashmoqdamiz. Biz orqada qolyapmiz", — deya uning so'zlarini keltirmoqda agentlik.

Vazirning yuqoridagi so’zlari pandemiyadan keyingi ikkinchi yil fonida Germaniya iqtisodiyotining og'ir ahvolini va iqtisodiy o'sish prognozi zaif ekanini namoyon etmoqda. “Hukumat ushbu tahlildan hech qanday xulosa chiqarmayotganini tasavvur qilib bo‘lmaydi”, — dedi Lindner. Lindnerning nutqidan bir necha soat oldin Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) 2024-yilda Germaniya iqtisodiy o‘sishi prognozini eʼlon qilib, uni 0,3% ga qisqartirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing