Germaniya Oyni o'rganish uchun “Artemis” dasturiga qo'shildi

Dunyo

Germaniyaning AQShdagi elchixonasida xalqaro kosmik dasturga qo‘shilish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Hozirda 29 davlat Oy va Marsni tadqiq qilish dasturida ishtirok etmoqda.

Germaniya Oyni o'rganish uchun “Artemis” dasturiga qo'shildi
Oy va Marsni tadqiq qilishda faolroq ishtirok etishga intilayotgan Germaniya Amerikaning NASA kosmik agentligi boshchiligidagi xalqaro "Artemida" dasturiga qo‘shildi. Germaniya aviatsiya va kosmonavtika markazi (DLR) bosh direktori Valter Pelser tegishli kelishuvlarga o‘z imzosini qo‘ydi. Marosim Germaniyaning Vashingtondagi elchixonasida 14 sentyabr kuni kechqurun bo‘lib o‘tdi.

Hujjatning imzolanishi munosabati bilan DLR Germaniya "koinot tarixidagi muhim davr"ning bir qismi bo‘lishni xohlashini ta’kidladi. "Artemida" kelishuvi fuqarolik fazosini tadqiq qilish, kometalar, asteroidlar, Oy va Marsdan tinch maqsadlarda foydalanishda hamkorlik tamoyillarini belgilaydi. Germaniya dasturga qo‘shilishi bilan "Artemida" endi 29 davlatni o‘z ichiga oladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing