Prezident tirbandliklarni kamaytirish va yoʻl harakati xavfsizligini kuchaytirishni talab qildi
O'zbekiston
9-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport infratuzilmasini rivojlantirish va tirbandliklarni kamaytirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.
Prezident so‘nggi 7 yilda yo‘llarni qurish va ta’mirlash uchun 61 trillion so‘m ajratilganini ta’kidladi — bu 2017-yilgacha ajratilgan mablag‘lardan 3,5 baravar ko‘pdir.
Muhim yutuqlardan biri sifatida onlayn murojaat tizimi joriy etilgani aytildi. Natijada, fuqarolarning YHXX bo‘limlariga shaxsan murojaat qilishi 50 foizga kamaydi. Bundan tashqari, 3365 dona elektron planshet va bodikamera xarid qilindi. Qoidabuzarliklarni aniqlash va qarorlar qabul qilish jarayonlari sun’iy intellekt algoritmlariga o‘tkazildi.
Haydovchilik guvohnomasi olish imtihonlari, yo‘l chiziqlarini chizish va texnik ko‘rik kabi bir qator muhim funksiyalar xususiy sektorga autsorsing asosida topshirildi.
Shuningdek, shaharlarda jamoat transporti uchun alohida yo‘laklar tashkil etildi. Bu esa harakatni tezlashtirib, tirbandliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Prezident erishilgan natijalarda to‘xtab qolmaslik kerakligini ta’kidlab, har bir fuqaro yo‘llardagi o‘zgarishlarni amalda his qilishi uchun tizimli yondashuv zarurligini qayd etdi.

Powered by Froala Editor