Tramp “Moskvani portlataman” deb tahdid qilgan

Dunyo

Amerikalik CNN telekanali 2024-yilda donorlar bilan uchrashuvda yozib olingan Donald Trampning ilgari noma'lum bo‘lgan audioyozuvini namoyish etdi. Unda Tramp Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirsa, Moskvani portlatib yuborish bilan tahdid qilganini aytadi.

Tramp “Moskvani portlataman” deb tahdid qilgan
"Men Putin bilan gaplashdim: ‘Agar siz Ukrainaga kiradigan bo‘lsangiz, men Moskvani parcha-parcha qilib portlataman’, dedim", — degan Tramp. "U menga ishonmadi. Balki atigi 10 foizga ishongandir... Ammo ba’zida shuncha yetarli bo‘ladi."

Tramp bu gap qachon aytilganini aniq ko‘rsatmagan. O‘sha yig‘ilishda AQSh sobiq prezidenti Xitoy raisi Si Szinpin haqida ham gapirib, agar Xitoy Tayvanga bostirib kirsa, Pekinga ham zarba berishini aytgan.

"U meni aqldan ozgan deb hisobladi, - dedi Tramp, - lekin bizda hech qanday muammo bo‘lmadi."

Bu bayonotlar Trampning Nyu-York va Floridadagi saylovoldi tadbirlarida yangragan va uning 2024-yildagi prezidentlik kampaniyasiga tayyorgarlik doirasida bo‘lgan. Keyinchalik bu audioyozuvlar “2024” nomli kitob mualliflariga topshirilgan. Kitob Trampning Oq Uyga qaytishi haqida yozilgan.

Tramp shtabi bu yozuvga izoh berishdan bosh tortdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing