Germaniya uch yil ichida fuqarolikni olish imkoniyatini bekor qildi
Dunyo
Germaniya konservativ bloki XDI/XSI va Sotsial-demokratlar partiyasi koalitsiya muzokaralarida Germaniya fuqaroligini uch yil ichida olish imkoniyatini bekor qilishga kelishib oldi. Bu haqida Die Zeit nashri xabar berdi.
Koalitsiya shuningdek, Germaniya pasportini besh yil ichida olish imkoniyatini saqlab qolishga qaror qildi. Germaniyada fuqarolik olish jarayonining soddalashtirilishiga olib kelgan ushbu qaror, aholi va siyosiy partiyalar orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Deutsche Welle’ning xabar berishicha, yangi koalitsiya migratsiya qonunchiligini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Xususan, noqonuniy migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish, kuchaytirilgan chegara nazoratini saqlash va boshpana olish uchun ariza berish huquqi cheklangan davlatlar ro‘yxatini kengaytirish taklif qilinmoqda.
Germaniya parlamenti 2024 yil yanvarda fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritgan edi. Bu o‘zgartirishlar fuqarolikni olish jarayonini soddalashtirishga xizmat qiladi.
Endi Germaniyada besh yil yashagan shaxslar fuqarolikni olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, "alohida integratsiya muvaffaqiyatlari"ga ega bo‘lgan shaxslarga uch yil ichida fuqarolik berilishi mumkin. Bunday muvaffaqiyatlarga til bilish darajasi C1 va jamoatchilikda faol ishtirok etish (masalan, turli birlashmalarda ishtirok etish) kiradi. Shuningdek, fuqarolik olishga da’vogarlar o‘zi va oila a’zolarini moliyaviy jihatdan mustaqil ta’minlashlari kerak.
2024 yil 1 iyundan boshlab, fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar amalda qo‘llanilmoqda.
Shu bilan birga, Germaniya fuqaroligini olish jarayoniga kirishgan odamlar uchun talablarga yangi yondashuvlar kiritilishi, ko‘plab migrantlarga qulay imkoniyatlar yaratilishi belgilandi.

Powered by Froala Editor