Germaniyada 13 ta aeroportda ommaviy ish tashlanishi oqibatida minglab reyslar bekor qilindi
Dunyo
Bugun, 10-mart kuni, Germaniya aeroportlarida ish haqi va mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun 24 soatlik ommaviy ish tashlash boshlandi. Germaniya aeroportlari assotsiatsiyasi ADV hisob-kitoblariga ko‘ra, ish tashlash natijasida 3400 dan ortiq reys bekor qilinib, yarim milliondan ortiq yo‘lovchi manzillariga yetib bora olmaydi.
Ver.di kasaba uyushmasi aeroport operatorlari, yer usti xizmatlari va aviatsiya xavfsizlik xodimlarini norozilik aksiyasiga chaqirdi. Muzokaralar hozircha natija bermagan.
Ish tashlash quyidagi aeroportlarga ta'sir qiladi: Berlin-Brandenburg, Shtutgart, Kyoln/Bonn, Dyusseldorf, Dortmund, Myunxen, Gamburg, Frankfurt-Mayn, Gannover, Bremen, Leyptsig/Galle. Vetse va Karlsrue/Baden-Baden aeroportlarida esa faqat yo‘lovchilar, yuk va mahsulotlar xavfsizligini nazorat qiluvchi aviatsiya xavfsizlik xodimlari ish tashlaydi.
Ver.di kasaba uyushmasi talablari:
Ish haqlarini kamida 8% ga yoki oyiga 350 yevroga oshirish
Og‘ir ish sharoitlari uchun qo‘shimcha ustamalar berish
Xodimlarga qo‘shimcha dam olish kunlari taqdim etish
Kasaba uyushmasining bayonotida ish tashlash "taxminan 25 000 ishchining mehnat sharoitlarini yaxshilash" uchun zarur ekani aytilgan.
9-mart kuni, katta ish tashlash arafasida, Gamburg aeroportida oldindan e’lon qilinmagan yer usti xodimlarining norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. 144 reys kelishi va 139 reys jo‘nab ketishi rejalashtirilgan edi, biroq faqat 10 ta reys amalga oshirildi, qolganlari bekor qilindi. Bu holat 40 000 ga yaqin yo‘lovchiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. NDR telekanali xabariga ko‘ra, ba’zi yo‘lovchilar allaqachon yuklarini topshirib bo‘lishgan va ularni qaytarib olish imkoniyati bo‘lmagan.
Mutaxassislar ish tashlash aeroportlar ish faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatishi va agar tomonlar kelishuvga erishmasa, kelajakda yana yangi norozilik aksiyalari bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, odatdagi kunlarda Germaniya aeroportlarida kuniga 6000 ta uchish va qo‘nish, shuningdek, 3000 ta tranzit parvozlar amalga oshiriladi.

Powered by Froala Editor