Ukraina AQSh yordami bilan ham omon qolmasligi mumkin
Dunyo
"U aqlli odam, qattiqqo‘l siyosatchi. U Bayden davrida AQShdan pulni xuddi bolakay konfet olgandek oldi", deb Zelkenkiyga ta'rif berdi AQSH prezidenti Donald Tramp. U yana Vladimir Zelenskiyni Amerika yordami uchun "minnatdor emas" deb tanqid qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 9-mart, yakshanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida Kiyevga harbiy yetkazib berish jarayonining to‘xtatilishi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina AQShning harbiy yordami bilan ham omon qolmasligi mumkin. Bundan tashqari, Tramp yana bir bor Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni AQSh ko‘magi uchun minnatdor emas ekanligini takidladi.
"U aqlli odam, qattiqqo‘l siyosatchi. U Bayden davrida AQShdan pulni xuddi bolakay konfet olgandek oldi," — dedi Tramp. Shunga qaramay, Oq uy rahbari Zelenskiyning Vashingtonga kelishini va Ukrainaning nodir metallar zaxiralari bo‘yicha bitim imzolashini kutayotganini ta’kidladi.
Donald Tramp o‘zining Rossiyaga nisbatan pozitsiyasini "qattiq" deb atadi va u bunday siyosatni birinchi prezidentlik davrida ham yuritganini ta’kidladi. Bunga misol sifatida u Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi “Shimoliy oqim – 2” gaz quvurini qurishga qarshilik qilganini keltirdi.
Shuningdek, Tramp AQShning mudofaa xarajatlarini qisqartirishiga hozircha imkon bermayotgan asosiy muammolar qatorida Rossiya va Xitoyni sanab o‘tdi. Shunga qaramay, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy va Shimoliy Koreya rahbarlari bilan yaxshi munosabatda ekanligini ta’kidladi.
NBC News telekanalining ismi oshkor qilinmagan manbalariga ko‘ra, Tramp o‘z maslahatchilariga Ukrainaga harbiy yordamni qayta tiklash uchun Zelenskiyning Rossiya bilan muzokaralarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishini istashini bildirgan.
NBC manbalarining aytishicha, bu Kiyevning Rossiyaga bosib olingan hududlarni topshirish bo‘yicha yon berishi va Ukrainada yangi saylovlar o‘tkazish ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor