Green Card lotereyasida ishtirok etish pulli bo‘ladi

O'zbekiston

16-sentabrdan boshlab Green Card lotereyasida ishtirok etish pullik bo‘ldi: AQSh Davlat departamenti $1 miqdorida majburiy ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini joriy qildi.

Green Card lotereyasida ishtirok etish pulli bo‘ladi
Avvaliga Diversity Visa dasturida qatnashish mutlaqo bepul edi, xarajatlarni faqat g‘oliblar ko‘tarar edi — immigrant vizasi uchun ular $330 to‘lashadi. Endi esa to‘lov bevosita anketa topshirish vaqtida amalga oshiriladi.

Davlat departamenti izohiga ko‘ra, yangi tartib xarajatlarni barcha ishtirokchilar orasida teng taqsimlash imkonini beradi. Har yili o‘rtacha 25 million ariza topshiriladi, yangi tartib esa AQSh byudjetiga taxminan $25 million daromad keltiradi.

O‘zbekiston esa an’anaviy ravishda eng ko‘p ariza topshiruvchi davlatlardan biri bo‘lib, Green Card g‘oliblari soni bo‘yicha ham yetakchi o‘rinlarni egalladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing