Habib Nurmagomedov samolyotdan majburiy tarzda tushirib yuborildi

Sport

AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan UFC 311 turnirida shogirdlariga yordam berish uchun yo‘lga chiqqan, sobiq UFC yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi. Bu haqida “American Airlines” aviakompaniyasi xabar berdi.

Habib Nurmagomedov samolyotdan majburiy tarzda tushirib yuborildi
Bu voqea “American Airlines” aviakompaniyasining reysi oldidan sodir bo‘ldi. Habib samolyotda favqulodda chiqish joyi yaqinida o‘tirgan, styuardessa qonun-qoidalarga muvofiq undan favqulodda vaziyatlarda yordam bera olish-olmasligini so‘ragan. Ammo sportchi uning gapini tushunmagan va qisqa tortishuv yuzaga kelgan.

Keyin styuardessa Habib Nurmagomedovdan boshqa joyga o‘tirishni talab qilgan. Bu holat esa sobiq chempionning noroziligiga sabab bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu nafaqat noqulaylik, balki adolatsizlik edi. Habib shunday dedi:

“Bu adolatsizlik. Mendan ro‘yxatdan o‘tayotganimda ingliz tilini bilasizmi, deb so‘raganida, men ha, deb javob berdim. Endi nega bunday qilyapsizlar?”

Styuardessaning qo‘pol muomalasi va styuardlar chaqirilganligi sababli, Habib va uning jamoadoshlari samolyotni tark etishga majbur bo‘lgan. Nurmagomedov bu vaziyatda xotirjamlikni saqlashga va mojaro keltirib chiqarmaslikka harakat qilganini aytgan.

Keyinroq dog‘istonlik sportchi vaziyat bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

“Menga savollar bilan murojaat qilgan ayol boshidanoq qo‘pol muomala qildi. Mening ingliz tilida yaxshi gapira olishimga qaramay, u meni joyimdan turib ketishim kerakligini aytdi. Uni bunday deyishga asos nima? Irqiy, milliy yoki boshqa sababdanmi, bilmayman. Qisqa suhbatdan keyin u qo‘riqchilarni chaqirdi va meni samolyotdan haydashdi. O‘sha vaziyatda o‘zimni xotirjam tutishga va provokatsiyaga uchmaslikka harakat qildim. Menimcha, ular samimiyroq munosabatda bo‘lganida, bunday muammo bo‘lmasdi”, deydi Habib Nurmagomedov

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing