Hamas: Isroil bilan kelishuv xavf ostida
Dunyo
Falastin harakati siyosiy harakasti a'zosi Bassim Naim, Hamas va Isroil o'rtasidagi sulh xavf ostida va buzilishi mumkinligi haqida AFP agentligiga bayonot berdi. Uning aytishicha, Isroil olti haftalik sulh bitimining birinchi bosqichida o'z zimmasiga olgan majburiyatlarni kechiktiryapti.
"Urushning qayta boshlanishi – bu bizning istagimiz ham, qarorimiz ham emas", – dedi siyosiy harakat vakili. Unga ko‘ra, Hamas hali ham Qatar vositachiligida Isroil bilan bilvosita muzokaralar o'tkazishga tayyor.
Bu muzokaralar 3-fevral kuni boshlanishi kerak edi, biroq tomonlar hanuzgacha ularga kirishmagan, dedi Naim. 19-yanvardan boshlab bitimning birinchi bosqichi kuchga kirdi. U 42 kun davom etishi kerak. Shu muddat ichida Hamas 33 nafar garovni ozod qilishi evaziga 1900 ga yaqin mahbusni qo‘yib yuborish rejalashtirilgan.
Bitimning ikkinchi bosqichida Hamas va Isroil barcha qolgan asirlarni ozod qilishi va urushni butunlay to‘xtatish masalasini muhokama qilishi lozim. Uchinchi bosqichda esa halok bo‘lganlarning jasadlari almashinuvi rejalashtirilgan.
Ma'lumot o'rnida, 8-fevral kuni Isroil Hamasning uch nafar garovga olingan shaxsini ozod qilish evaziga 183 nafar falastinlik mahbusni qo‘yib yubordi. Ozod etilganlar orasida Isroilda teraktlar uyushtirishda ayblanib, 18 marta umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Iyad Abu Shkaydum ham bor edi.

Powered by Froala Editor