Oʻzbekiston va Rossiya hamkorlikni kengaytirаdi
O'zbekiston
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni Rossiya Prezidenti Maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari Maksim Oreshkin boshchiligidagi rossiyalik delegatsiyani qabul qildi. Muzokaralar markazida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi va kadrlar tayyorlash masalalari boʻldi.
Maksim Oreshkin uchrashuv chogʻida Mirziyoyevga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Tomonlar oʻtgan yil may oyida Rossiya yetakchisining Oʻzbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning ijrosini muhokama qildilar.
Asosiy eʼtibor iqtisodiy sheriklikni mustahkamlash, elektron tijoratni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi, shuningdek, suv xoʻjaligi, oliy taʼlim, muhandislik mutaxassisliklari va sunʼiy intellekt sohalaridagi hamkorlikka qaratildi. Shuningdek, madaniy va sport almashinuv istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar tomonlarning ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va muhim sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanini tasdiqladi.

Powered by Froala Editor