Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegarada nazoratni kuchaytirmoqchi
O'zbekiston
Qirg‘iziston O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegarada transport nazoratini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Mamlakat hukumatining bu boradagi tegishli qarori jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Bu haqida Kazinform xabar bermoqda.
Hozirda Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tashqi chegarasidagi avtomobil transporti nazorati quyidagi nazorat-o‘tkazish punktlarida amalga oshirilmoqda:
«Torug‘art», «Irkishtom» (Xitoy);
«Qaramiq «, «Qizil-Bel», «Qulundu» (Tojikiston);
«Do‘stlik» (O‘zbekiston).
Shu bilan birga, qirg‘iz—tojik va qirg‘iz—o‘zbek davlat chegaralaridagi «Qayrag‘ach», «Bor-Dobo» (Tojikiston), «Qizil-Qiya», «Qora-Bag‘ish» va «Ken-Say» (O‘zbekiston) nazorat-o‘tkazish punktlarida transport nazorati amalga oshirilmaydi.
Mazkur nazorat-o‘tkazish punktlari orqali qo‘shni davlatlar nafaqat ikki tomonlama xalqaro yo‘nalishlarda, balki Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya va boshqa davlatlarga ham yuk tashuvlarini amalga oshirmoqda. Natijada, xalqaro avtomobil qatnovlari bo‘yicha xalqaro kelishuv qoidalari buzilyapti.
Qirg‘iziston hududiga kirish va tranzit qatnovi uchun xorijiy avtotashuvchilar tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lishi shart. Agar avtomobil tashuvlari davomida xalqaro shartnomalar talablari buzilsa, jumladan, tegishli ruxsatnomasiz mamlakat hududiga kirish qoidalariga rioya qilinmasa, bunday tashuvchilarning Qirg‘iziston hududiga kirishi taqiqlanishi mumkin.
Shu munosabat bilan Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda.

Powered by Froala Editor