Hamyurtimiz yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqada eng kuchli uchlikdan joy oldi
Sport
Kiprning Limassol shahrida yengil atletika boʻyicha Cyprus International Athletics Meeting musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.
Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Anvarov uzunlikka sakrash dasturida kumush medalga sazovor boʻldi.
“Hamyurtimiz musobaqada faqatgina gretsiyalik Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Miltiadis Tentogludan pastroq natija qayd etdi. Qiziqarli ruhda oʻtgan bahs yakunida Tentoglu 8,25 metr, Anvar Anvarov esa 7,97 metr natija koʻrsatdi. Avstraliyalik Darsi Roper esa 7,72 metr bilan kuchli uchlikdan joy oldi”, ― deyiladi xabarda.
Eslatib o’tamiz, ayni kunlarda Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida konkur va ot yoʻrttirish boʻyicha Yevrosiyo ligasi Millatlar kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari boʻlib oʻtmoqda. Jahon kubogining finaliga saralash vazifasini oʻtab berayotgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Powered by Froala Editor