Hayvonot bogʻi qorovuli sherlar hujumidan halok boʻldi
O'zbekiston
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi "Lion park" xususiy hayvonot bogʻi qorovuli, sherlar hujumi oqibatida halok boʻldi. Ushbu ish yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar berilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hujjatlar tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organlariga yuborilgan.
Ma'lumot uchun, bu voqea kecha, 17-dekabr kuni soat tonggi 05:00 larda sodir boʻlgan. Hayvonot bogʻida saqlanayotgan 3 ta Afrika sheri, qafas eshigi ochiq qoldirilganidan foydalanib hayvonot bogʻi hududiga chiqib ketgan.
Hovlidagi sherlarni shu yerda qorovul boʻlib ishlovchi 44 yoshli F.I. qafasga qaytarmoqchi boʻlgan, biroq yirtqichlar qorovulga hujum qilgan, natijada qorovul voqea joyida vafot etgan. Shundan soʻng, nazoratsiz qolgan hayvonlar F.I.ning tana aʼzolarini timdalashgan.
Voqea sodir bo'lgandan so'ng, ozodlikdagi 2 ta sherga uxlatuvchi dori vositalar qo‘llanilgan holda qafasga qaytarilgan. Uchinchi sher mahalliy ovchi tomonidan otib o‘ldirilgan.
Shuningdek, parkda mavjud bo‘lgan barcha yirtqich hayvonlar sanoqdan o‘tkazilib, ularning joyida ekanligi va qafaslar mahkamlangan holda ekanligiga ishonch hosil qilingan.

Powered by Froala Editor