Hindiston va Pokiston zarbalar almashmoqda

Dunyo

Mojaro avj olishi fonida Hindiston Pokiston va uning nazorati ostidagi Kashmirdagi nishonlarga qarshi "Sindur" harbiy operatsiyasini boshladi va Islomobodni terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Bunga javoban Pokiston ham javob zarbalari berdi va armiyani to‘liq jangovar holatga keltirdi.

Hindiston va Pokiston zarbalar almashmoqda
7 may kuni Hindiston Pokiston hududida va Ozod Kashmirda "terrorchilik nishonlari"ga qarshi maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishini e’lon qildi. Bunga 22 aprel kuni Paxalgamda 26 kishi - asosan hind ziyoratchilari halok bo‘lgan terakt sabab bo‘lgan. Hindiston tomoni taxminiga ko‘ra, hujum ortida Pokiston bilan aloqador jangarilar turgan.

NDTV ma’lumotlariga ko‘ra, Hammer boshqariladigan havo bombalari va Skalp raketalari hujum obyektlari bo‘lgan. Hindiston armiyasi Pokiston harbiy obektlariga zarba bermaganini da’vo qilmoqda, biroq aviazarbalar Srinagar va boshqa hududlar ustidan berilganligi tasdiqlandi.

Bunga javoban Pokiston Hindiston pozitsiyalariga artilleriya bilan hujum qildi, ikkita Rafale samolyotini urib tushirdi va besh hududga, jumladan, Ozod Kashmir va Panjobga raketa zarbalarini yo‘lladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 11 kishi, jumladan, bir yosh bola halok bo‘lgan. Bosh vazir Shahboz Sharif Hindistonning harakatlarini urush harakati deb atadi va qat’iy javob berishga va’da berdi.

Keskinlashuv diplomatik uzilish bilan birga kechmoqda: ikkala tomon ham diplomatlarni chiqarib yubormoqda, viza va savdo faoliyatini to‘xtatmoqda, shuningdek, xalqaro shartnomalarni, jumladan, Hind daryosi suvlari bo‘yicha shartnoma va Siml kelishuvini qayta ko‘rib chiqish bilan tahdid qilmoqda.

Vaziyat alohida xavotir uyg‘otadi: ikkala davlat ham yadro quroliga ega va jangovar shay holatda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing