Huawei va JAC ulkan premium sedanini taqdim etdi
Dunyo
JAC va Huawei kompaniyalari o‘zlarining hashamatli Maextro S800 sedanini taqdim etganligi haqida ITHome xabar bermoqda.
Yangi avtomobil ikkinchi avlod Touring Longxing platformasidan foydalandi. Besh yil davomida takomillashtirilgan ushbu platforma aqlli boshqaruv, intellektual salon va boshqa zamonaviy texnologiyalarni o‘z ichiga oladi.
Maextro S800 uchun apparat va dasturiy ta'minot L3 darajasidagi avtopilotga ega. U Huawei tomonidan ishlab chiqilgan yuqori darajadagi ADS intellektual boshqaruv yordam tizimi bilan ta’minlangan.
Avtomobil ichki dizaynida ko‘plab tabiiy materiallar ishlatilgan bo‘lib, ular o‘nlab texnologik jarayonlarda mukammal sayqal berilgan. Mashinaning shift qismi “yulduzli osmon” ko‘rinishida bezatilgan.
Huawei vakillarining aytishicha, ushbu avtomobil so‘nggi yillarda kompaniyaning aqlli avtomobil texnologiyalari borasidagi barcha yutuqlarining mukammal ifodasidir.
Avtomobilning o‘lchamlari:
uzunligi — 5 480 mm;
kengligi — 2 000 mm;
balandligi — 1 536 mm;
g‘ildirak bazasi — 3 370 mm
Kuch qurilmasi haqidagi batafsil ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.
Mashina uchun oldindan buyurtmalar 2 750 dollar depozit evaziga qabul qilinmoqda. Yakuniy narxi esa 137 ming dollardan 206 ming dollargacha bo‘lishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor