Ozarbayjon Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qoʻllab-quvvatlaydi
Siyosat
Ilhom Aliyevning Vladimir Zelenskiyga aytishicha, Ozarbayjon Respublikasining Ukrainadagi yangi elchisi tayinlangan, u tez orada ish boshlaydi. Suhbat chog‘ida Ozarbayjon va Ukraina xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birining hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashi mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
1 iyun kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Moldova poytaxti Kishinyovda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Ozarbayjon va Ukraina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashildi, Prezident Ilhom Aliyevning 2022-yil yanvar oyida Ukrainaga tashrifi va uning davomida olib borilgan muhokamalar qayd etildi. Ozarbayjon va Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivojlanib borayotganidan mamnunlik bildirildi.
Prezident Ilhom Aliyevning aytishicha, Ozarbayjon Respublikasining Ukrainadagi yangi elchisi tayinlangan, u tez orada ish boshlaydi.
Prezident Vladimir Zelenskiy Ozarbayjonning Ukrainaga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami, ukrainalik bolalarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi va ularning Ozarbayjonga sayohatlarini tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirib, bu yuksak qadrlanishini ta’kidladi.
Suhbat chog‘ida Ozarbayjon va Ukraina xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birining hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashi mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor