Huquqiy axborot: Bu juda muhim

O'zbekiston

Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so‘m;

Huquqiy axborot: Bu juda muhim
bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;

yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;

nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;

mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so‘mdan) 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;

ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘m.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing