Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Siyosat

5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi va uni tavallud kuni bilan tabrikladi. O‘zbekiston Prezidenti tojik xalqiga farovonlik tiladi va Rahmonning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar bo‘lishini istadi.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi
Prezidentlar O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarni muhokama qildilar. Xususan, tovar ayirboshlashni oshirish va iqtisodiy hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, davlat rahbarlari mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing