Il-76 Ukraina hududidan Amerika raketasi bilan urib tushirildi – Putin

Dunyo

Bu ish boʻyicha Rossiya prezidenti xalqaro tergov o‘tkazishga chaqirdi.

Il-76 Ukraina hududidan Amerika raketasi bilan urib tushirildi – Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Il-76 samolyoti Ukraina hududidan Amerika raketasi bilan urib tushirilganini va Rossiya mahbuslar almashinuvini to‘xtatmasligini aytdi.

"Ukrainalik mahbuslar bo'lgan IL-76 Amerika Patriot tizimi tomonidan urib tushirilgan , bu allaqachon aniqlangan", dedi u.

Putin Belgorod yaqinida Il-76 harbiy-transport samolyotining halokati yuzasidan xalqaro tergov o‘tkazishga chaqirdi.

Belgorod viloyatida Il-76 halokati

Avvalroq, 24-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining Belgorod viloyatida Rossiya harbiy-transport samolyoti Il-76 halokatga uchragan edi. Uning bortida 74 kishi bo‘lgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari Xarkov viloyatidan zenit-raketa majmuasi yordamida Rossiya Aerokosmik kuchlarining Il-76 samolyotini urib tushirgani va ikkita raketaning uchirilishi qayd etilgani haqida xabar berdi.

Samolyot bortida olti nafar ekipaj aʼzosi, 65 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi va ularga hamrohlik qilayotgan uch nafar rossiyalik harbiy xizmatchi boʻlgan. “Samolyot ekipaji va barcha yo‘lovchilari halok bo‘ldi”, deyiladi departament 24-yanvar kuni tarqatgan bayonotida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing