Ilhom Aliyev Vladimir Putindan uzr so‘radi

Siyosat

Ozarbayjon rahbari toʻrt nafar Rossiya tinchlikparvar kuchlarining Qorabog‘da halok bo‘lgani uchun Vladimir Putindan uzr so‘radi va hamdardlik bildirdi. Shuningdek, u qurbonlar oilalariga moddiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini aytdi.

Ilhom Aliyev Vladimir Putindan uzr so‘radi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Ozarbayjon rahbari Rossiya tinchlikparvar kuchlarining Qorabog‘da halok bo‘lgani uchun uzr so‘radi va hamdardlik bildirdi. U barcha aybdorlar jazolanishiga va'da berdi.

“Boʻlib oʻtgan voqea yuzasidan eng chuqur tekshiruv oʻtkazilishi va barcha aybdorlar tegishli jazolanishi taʼkidlandi. Bu borada ikki davlat Bosh prokuraturalari yaqindan aloqada. Ozarbayjon Prezidenti ham qurbonlar oilalariga moddiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi”, deyiladi Kreml xabarida.

Ozarbayjon tomonining tashabbusi bilan boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Prezidentlar “Qorabogʻda harbiy harakatlarni toʻliq toʻxtatish boʻyicha Rossiya tinchlikparvar kuchlari koʻmagida erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhimligini” qayd etgan. Kreml xabariga koʻra, Boku va Stepanakert oʻrtasida davom etayotgan muzokaralar bu borada alohida ahamiyatga ega. Bugun Ozarbayjonning Yevlax shahrida ikki tomon vakillarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kreml bayonotida qayd etilishicha, Vladimir Putin Qorabogʻdagi arman aholisi xavfsizligini taʼminlash muhimligini taʼkidlagan. Ilhom Aliyev “Ozarbayjon tomoni bu masalalarda Rossiya tinchlikparvar kuchlari bilan hamkorlik qilishga tayyor”, deb ishontirgan.

19-sentyabr kuni Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da “aksilterror operatsiyasini” boshladi. Bu bir kun davom etdi va tan olinmagan respublika hukumatining qurollarini tashlash to'g'risidagi qarori bilan yakunlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi o‘t ochishni to‘xtatish qarori Rossiya tinchlikparvar kuchlari bilan kelishilgan holda qabul qilinganini ma’lum qildi.

20-sentyabr kuni kechqurun Rossiya Mudofaa vazirligi Janyatog kuzatuv punktidan qaytayotgan rossiyalik tinchlikparvar kuchlari bo‘lgan avtomobil o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi. Mashinada bo‘lgan harbiylar halok bo‘lgan, ularning soni harbiy idora tomonidan aniqlanmagan. Oʻqqa tutilishi oqibatida rossiyalik to‘rt nafar tinchlikparvar askar halok bo‘lgan.

“Rossiya Segodnya” MIA bosh muharriri Margarita Simonyan beshta o‘lim haqida yozgan. Bugun halok bo‘lganlardan biri Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondoni o‘rinbosari Ivan Kovgan ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 2020-yilda Qorabog‘dagi so‘nggi harbiy mojaro vaqtida Armanistonning Yerasxa qishlog‘i yaqinida Rossiyaning Mi-24 vertolyoti urib tushirilgan. Keyin Ozarbayjon hukumati voqeani xato deb atagan holda uzr so'rash bayonotini e'lon qildi. Keyin rossiyalik ikki harbiy halok bo'ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing