Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi etib saylandi
Sport
Kuni kecha Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining Bosh assambleyasi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan saylandi.
Shuningdek, Bosh assambleya MOQ raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga Otabek Umarovni, rais oʻrinbosari lavozimiga Sherzod Tashmatovni, qoʻmita bosh kotibi lavozimiga Oybek Qosimovni sayladi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, sport vaziri Adham Ikromov, Bosh assambleya aʼzolari, shuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalarning masʼullari ham qatnashdi.

Powered by Froala Editor