Infantino Trampga AQSh prezidenti nomi yozilgan futbol to‘pini sovg‘a qildi

Dunyo

Tramp 2026-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ishchi guruh tashkil etilishini eʼlon qildi. Unga Amerika hukumati a’zolari boshchilik qiladi. AQSH prezidenti turnir oʻyinlariga tashrif buyurishga tayyorligini bildirdi

Infantino Trampga AQSh prezidenti nomi yozilgan futbol to‘pini sovg‘a qildi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Oq uyga tashrif buyurib, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashib, 2026-yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlikni muhokama qildi. Bu haqida Rapid Response xabar berdi.

Infantino 15-iyun-13-iyul kunlari AQShda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi 2025-yilgi jahon chempionati kubogini AQShning yuqori lavozimli amaldorlariga topshirdi. Kubok maxsus kalit yordamida ochiladi. Infantino shaxsan mexanik kubok qanday ishlashini ko‘rsatib, uni “kelajak kubogi” deb atadi.

Tramp FIFA prezidentidan Amerika prezidenti nomi yozilgan futbol to‘pini ham sovg‘a sifatida oldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing