Insoniyat G‘azodagi fojiaga endi toqat qila olmaydi – Erdo‘g‘an
Dunyo
Turkiya Prezidenti Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzini hech qanday tarzda o‘zini himoya qilish huquqi bilan oqlab bo‘lmasligini ta’kidladi.
Xalqaro hamjamiyat endi G‘azo sektori va bosib olingan Falastin hududlarida sodir bo‘layotgan voqealarga toqat qila olmaydi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G20 onlayn sammitida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
“Bosqin qilingan Falastin hududlarida, xususan, G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan fojia insoniy bag‘rikenglik chegarasidan oshib ketdi”, dedi Turkiya rahbari.
Erdo’gʻan, shuningdek, Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzini hech qanday tarzda o‘zini himoya qilish huquqi bilan oqlab bo‘lmasligini aytdi.
20-noyabr Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni ekanligini eslatib, “deyarli 7 ming begunoh falastinlik bolalar bu kunni ko‘rishgacha yashamaganini” ta’kidladi.
“Isroil falastinliklarni oʻz vatanlaridan koʻchib ketishga majbur qildi. U kasalxonalar, maktablar, qochqinlar lagerlari, ibodat joylari va cherkovlarni shafqatsizlarcha bombardimon qilmoqda. Ular o‘zlari ustidan nazoratni shu darajada yo‘qotdilarki, shu kungacha ularda borligini doimo rad etib kelgan yadro qurolini qo‘llash bilan tahdid qilishdi”, dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya Prezidenti Isroil va HAMAS o’rtasidagi mojaroda to’rt kunlik gumanitar pauza e’lon qilinishi va tomonlar o’rtasida asirlar almashinuvini ko’zda tutuvchi kelishuvga erishilganini ijobiy holat deb atadi. U bu harakat uzoq muddatli otashkesim va tinchlikka olib kelishiga umid bildirdi.

Powered by Froala Editor