Investorlar O'zbekistonda ishga sadoqat, liderlik va uzoqni koʻra bilish borasida ijobiy o'zgarishlarni payqashdi
O'zbekiston
Poytaxtimiz Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Xalqaro investitsiya forumida “Nima uchun Oʻzbekistonga sarmoya kiritish kerak?” mavzuyidagi panel sessiyasi bo’lib o’tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Saviday” kompaniyasining Milliy iqtisodiy rivojlanish loyihalari maslahatchisi Shon MakEllin moderatorligida oʻtgan panel muhokamasida Markaziy Osiyo mintaqasida Oʻzbekistonning oʻrni, uning boy investitsiyaviy imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Spiker sifatida quyidagi shaxslar ishtirok etishdi:
Umar N. Al Midani, Vision Invest prezidenti va bosh direktori,
Raad Al-Saadi, ACWA Power kompaniyasi raisi oʻrinbosari;
Mehmet Arif Ozozan, UCC Holding klaster bosh direktori
Nasir Fares Mas’ud, “Concept Realisation” asoschisi va ijrochi direktori;
Mixail Nibladze, “Cerberus Frontier” ijrochi direktori;
Adrian Shtayner, Mitinhaber Thermoplan AG bosh direktori.
“Men Oʻzbekistonni koʻp yillardan beri bilaman, 10 yil oldin bu yerga kelib, biznes bilan shugʻullanganman. Bundan tashqari, kelib chiqishim turk boʻlgani sababli bu yerda madaniyat, an’ana va boshqa jihatlarda oʻxashashliklarni koʻraman. Oʻshanda kelganimdan buyon, aytishim mumkinki, 3–4 ta yoʻnalishda ulkan siljishlar roʻy bergani koʻzga tashlandi: ishga sadoqat, liderlik va uzoqni koʻra bilish. Bundan tashqari YaIM miqdori deyarli ikki barobar oshgan. Oʻzbekiston juda ochiq mamlakat, bu yerda investorlar uchun doʻstona muhit shakllantirilgan. Bu mamlakat uchun juda katta yutuq va taraqqiyot sari shunday tezlikda harakatlanish kishini hayratga solmay qolmaydi”, — dedi UCC Holding klaster bosh ijrochi direktori Mehmet Arif Ozozan.
Sessiya davomida oʻsib borayotgan iste’mol bozori, ishchi kuchining doimiy yangilanib borish imkoniyati, Osiyo va Yevropa oʻrtasidagi transport koridorlarida strategik joylashuv, 6 000 dan ortiq mahsulot uchun Yevropa Ittifoqi bozoriga tarifsiz kirish imkoniyati, boy tabiiy resurslar va raqobatbardosh xarajatlar investorlar uchun qulay biznes sharoitini yuzaga keltirishi ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor