Iordaniya Podshohi sanoat ko‘rgazmasi bilan tanishdi

O'zbekiston

2025 yil 26 avgust kuni Samarqand Kongress markazida Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn tashrifi doirasida sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Iordaniya Podshohi sanoat ko‘rgazmasi bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy mehmonni shaxsan kuzatib, O‘zbekistonning eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlari bilan tanishtirdi. Ko‘rgazmada xalqaro standartlarga mos va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar namoyish etildi.

Qirolda konchilik, farmatsevtika, kimyo, to‘qimachilik, zargarlik, qishloq xo‘jaligi va IT sohalaridagi yutuqlar taqdim qilindi. Ekspozitsiyada dori vositalari, tibbiy uskunalar, mineral o‘g‘itlar, matolar, trikotaj, zargarlik buyumlari, hunarmandchilik mahsulotlari hamda zamonaviy IT yechimlari o‘rin oldi.

Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn O‘zbekiston mahsulotlari va sanoat salohiyatini yuqori baholadi. Tomonlar sanoat korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish muhimligini ta’kidladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing