Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tugatiladi
O'zbekiston
“Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-15-son Prezident Farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tugatiladi.
Ipakchilik qoʻmitasining vazifa va funksiyalari quyidagi qoʻmita va vazirliklarga oʻtkaziladi:
yaylovlarni boshqarishga oid vazifa va funksiyalari – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga;
pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga oid vazifa va funksiyalari – Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga;
Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi – Veterinariya qoʻmitasi tizimiga;
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti – Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimiga.

Powered by Froala Editor