Manturov: Innoprom tadbirkorlarni yaqinlashtiradi
O'zbekiston
Poytaxtimizdagi yangi CAEx ko‘rgazmalar majmuasida "INNOPROM. Markaziy Osiyo." Tantanali ochilish marosimida Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi.
"Bugun biz birinchi marta CAEx zamonaviy majmuasida tadbir o‘tkazmoqdamiz. Innopromning asosiy vazifasi turli mamlakatlar tadbirkorlarini birlashtirishdir," - dedi u.
Manturov, shuningdek, Rossiya korxonalari Markaziy Osiyoda faol ishlayotganini, ular O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan barcha xorijiy kompaniyalar orasida taxminan 20 foizni tashkil etishini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mintaqada mustahkam iqtisodiy aloqalar va kooperatsiyani yanada rivojlantirish istiqbollaridan dalolat beradi.

Powered by Froala Editor