Iqlim o'zgarishi yiliga 250 000 qo'shimcha o'limga olib keladi
Dunyo
Anomal issiq, suv toshqinlari, o‘rmon yong‘inlari, muzliklar erishi, dengiz sathining ko‘tarilishi... Bunday omillar Yer sharining qator nuqtalarida o‘lim holatlari va kasalliklar soni ortishiga olib kelyapti.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) bu boradagi so‘nggi tahlillarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, keyingi 20 yil ichida 65 yoshdan katta insonlar o‘rtasida jazirama haroratdan vafot etish ulushi 70 foizga oshib ketgan.
Bundan tashqari, toza ichimlik suvi tanqisligi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan o‘lim holatlarining asosiy sabablaridan biriga aylanib ulgurgan.
Qolaversa, havo ifloslanishi tufayli kelib chiqadigan xastaliklar har yili 7 million nafar kishi o‘limi bilan tugamoqda
JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, agar vaziyat o‘nglanmasa, kelgusi o‘n yillikda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq omillar har yili qo’shimcha 250 ming kishining umriga zomin bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor