Isroil BMT vakillariga viza berishni toʻxtatmoqchi

Dunyo

Bunga Bosh kotib Antoniu Guterrishning bayonotlari sabab qilib koʻrsatilmoqda. Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdanning taʼkidlashicha, BMTga saboq berib qoʻyish vaqti kelgan.

Isroil BMT vakillariga viza berishni toʻxtatmoqchi
Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan uning mamlakati Bosh kotib Antoniu Guterrishning bayonotlaridan keyin BMT vakillariga viza berishdan bosh tortish niyatida ekanini aytdi, deb yozadi Times of Israel.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi avvalroq Guterrish “HAMAS hujumi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan” deganidan so‘ng uni iste’foga chaqirgan edi. Departament vakilining ta'kidlashicha, shu yo'l bilan BMT Bosh kotibi terrorizmni oqlab chiqqan.

"Uning bayonotlari tufayli biz BMT vakillariga viza berishdan bosh tortamiz. Biz bosh kotibning gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffitsga viza berishni allaqachon rad etganmiz. Ularga saboq berish vaqti keldi”, dedi Gilad Erdan radioga bergan intervyusida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing