Isroil-Falastin mojarosi: qisqacha tarix xaritalar va diagrammalarda
Dunyo
“Bright Uzbekistan” e’tiboringizga “Aljazeera” jurnalisti Sara Shamim maqolasini havola qiladi.
G'azo Isroilning halokatli bombardimonidan aziyat chekar ekan, e’tiboringizga xaritalar va diagrammalar yordamida mojaroning qisqacha tarixini havola etamiz.
Isroilning G'azodagi halokatli bombardimonlari 50 kun ichida 15 000 ga yaqin kishini, shu jumladan 10 000 nafar ayol va bolalarning yostig’ini quritdi va bu Falastin anklavidagi eng qirg’inbarot urushga aylandi.
G'azodagi vayronalar va qurbonlar sonining ortib borayotgani butun yer yuzida noroziliklarni keltirib chiqardi va o'nlab yillar davom etgan muammoni umumjahon siyosatning markaziy sahnasiga olib chiqdi.
Balfur deklaratsiyasi
Isroil-Falastin mojarosi deyarli bir asrga borib taqaladi. O’shanda Britaniya Birinchi jahon urushi paytida, Balfur deklaratsiyasiga binoan, Falastinda yahudiy xalqi uchun milliy uy yaratishni va'da qilgan edi. Britaniya qo'shinlari 1917-yil oktyabr oyining oxirida Usmonlilar imperiyasidan hududni qaytarib olishdi.
Yahudiylarning Falastinga immigratsiyasi
Yahudiylarning Falastinga keng ko'lamli ko'chishi boshlandi. Bu yahudiylarning Evropadagi natsizmdan qochishi bilan tezlashdi. 1918-1947-yillarda Falastindagi yahudiylar soni 6 foizdan 33 foizga oshgan.
Falastinliklar demografik o'zgarishlardan xavotirga tushishdi va keskinlik kuchayib, 1936-1939-yillardagi Falastin qo'zg'oloniga olib keldi.
O’sha kezlari sionistik tashkilotlar Falastindagi yahudiylar uchun vatan yaratish kampaniyasini davom ettirdilar. Qurollangan sionistik jangarilar Falastin xalqiga hujum qilib, ularni qochishga majbur qilishdi. 19-asr oxirida siyosiy mafkura sifatida paydo boʻlgan sionizm yahudiylarning vatanini yaratishga chorlardi.
BMTning Falastinni bo'lish rejasi
Zo'ravonlik Falastinni vayron qilgani sababli, masala yangi tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga havola qilindi. 1947-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 181-rezolyutsiyani qabul qildi va u BMTning Falastinni bo'lish to'g'risidagi rezolyutsiyasi nomi bilan mashhur bo'ldi. Bu rezolyutsiyaga ko’ra, Falastinda “Yahudiy davlati” va “Arab davlati” tashkil etilib, hududning 55% ga yaqini yahudiylarga, 45% yeri esa arablarga berilishi lozim edi. Quddus uchta dinning muqaddas shahri sifatida xalqaro hududga aylanishi kerak edi.
Shahar hozirda asosan yahudiylar yashaydigan Gʻarbiy Quddus va Falastinliklar yashaydigan Sharqiy Quddusga boʻlingan. Isroil Sharqiy Quddusni 1967-yilgi Olti kunlik urushdan keyin G‘arbiy Sohil bilan birga bosib oldi – bu xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan qadam.
Sharqiy Quddusning bosib olingan Eski shahri xristianlar, musulmonlar va yahudiylar uchun diniy ahamiyatga ega. Bu yerda musulmonlar orasida al-Haram ash-Sharif, yahudiylar ichida esa Ma’bad tog‘i nomi bilan tanilgan Al-Aqso masjidi majmuasi joylashgan.
1981-yilda BMT Eski shaharni Jahon merosi ro'yxatiga kiritdi.
Nakba
1948-yilda Isroil tug'ilishidan oldin sionist jangarilar tomonidan 750 000 dan ortiq falastinliklar o'z uylaridan quvilgan edi. Bu ommaviy qochish Nakba yoki fojia deb nomlandi.
Yana 300 000 falastinlik 1967-yilgi Olti kunlik urush tufayli uy-joyini tark etgan.
Isroil 1980-yilda Sharqiy Quddusni anneksiya qilganini e’lon qilgan, biroq xalqaro hamjamiyat uni hali-hanuz bosib olingan hudud deb biladi. Falastinliklar Sharqiy Quddus bo'lajak davlatlarining poytaxti bo'lishini istaydilar.
Oslo kelishuvlari
1993-yilda Falastin rahbari Yosir Arafot va Isroil Bosh vaziri Yitzhak Rabin besh yil ichida tinchlikka erishishni ko'zlagan Oslo kelishuvini imzoladilar. O’shanda ikki tomon bir-birini ilk marotaba tan oldi.
1995-yilda imzolangan ikkinchi kelishuv bosib olingan Gʻarbiy Sohilni uch qismga – A, B va C hududlariga ajratdi. Oslo kelishuvlaridan keyin tuzilgan Falastin maʼmuriyatiga hududning 18% ustidan faqat cheklangan boshqaruv taklif qilindi, boisi Isroil Iordanning G'arbiy qirg'og'ini nazorat qilishda davom etgandi.
Isroil aholi punktlari va nazorat punktlari
Biroq, G'arbiy Sohildagi Falastin yerlarida qurilgan Isroil aholi punktlari, yahudiy jamoalari tez sur'atlar bilan o'sgani uchun, Oslo kelishuvlari asta-sekin buzildi.
G'arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi aholi punktlari aholisi 1993-yildagi taxminan 250 ming kishidan joriy yilning sentyabr oyida deyarli 700 ming kishiga o'sdi. Bosqin ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda uch millionga yaqin falastinlik istiqomat qiladi.
Isroil aholi punktlari va bosib olingan hududlarda ajratuvchi devor qurilishi Falastin jamoalarini parchalab tashladi va ularning harakatlanishini chekladi. G‘arbiy Sohilda 700 ga yaqin yo‘l to‘siqlari, jumladan, 140 nazorat punkti joylashgan. Isroilning ishlash ruxsatiga ega 70 mingga yaqin falastinlik har kuni ushbu nazorat punktlarini kesib o'tadi.
Xalqaro qonunlarga ko'ra, Isroilning ushbu turar-joylari noqonuniy hisoblanadi. BMT aholi punktlarini qoralab, buni "ikki davlat yechimi" ning bir qismi sifatida yashovchi Falastin davlatini barpo etish yo'lidagi katta to'siq deb atadi.
G'azo blokadasi
2007-yilda HAMAS hokimiyatni qo’lga kiritganidan so‘ng, Isroil G‘azo blokadasini joriy qilgan edi. Blokada hozirgacha davom etmoqda. Isroil, shuningdek, G'arbiy Sohil va Sharqiy Quddusni, ya'ni falastinliklar o'zlarining bo'lajak davlatlarining bir qismi sifatida ko’rayotgan hududlarni egallab olgan.
Isroil 2023-yil 9-oktabrda HAMASning Isroil hududiga kutilmagan hujumidan so‘ng G‘azo sektorini to‘liq blokada qilib, elektr energiyasi, oziq-ovqat, suv va yoqilg‘i yetkazib berishni to‘xtatdi. Ushbu hujum natijasida kamida 1200 kishi halok bo'ldi.
Isroil va Falastin hozir
Bugungi kunda G‘azo sektori, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda 5 millionga yaqin falastinlik istiqomat qiladi, 1,6 million falastinlik esa Isroil fuqarolaridir. Bu mamlakat umumiy aholisining qariyb yarmini tashkil qiladi. Qolgan yarmi turli mamlakatlarda, jumladan arab mamlakatlarida yashaydi.
Hozirda butun dunyo bo’ylab taxminan 14,7 million yahudiy bor, ularning 84 foizi Isroil va AQShda istiqomat qiladi. Qolganlari boshqa mamlakatlarda, jumladan Fransiya, Kanada, Argentina va Rossiyada yashaydi.
Bu yerda 2008-2023-yillar oralig‘ida zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar va isroilliklar soni haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Ma'lumotlar Sara Shamim tomonidan to'plandi

Powered by Froala Editor