Zominda texnoparkning ilk korxonasi ish boshladi
O'zbekiston
22-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida “Zomin texnoparki” erkin sanoat zonasidagi ishlar bilan tanishdi. Ushbu loyiha davlat rahbari tashabbusi bilan 2024-yil 27-iyunda boshlangan edi.
400 gektar maydonda Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda umumiy qiymati 1,2 milliard dollarlik 31 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu vaqtga qadar zarur infratuzilma yaratilib, ilk ishlab chiqarish obyektlari qurib bitkazildi.
Texnoparkdagi birinchi korxona — Xinjiang Honglin Tiandi kompaniyasining 10 million dollarlik beton mahsulotlari zavodi ishga tushdi. Bu yerda 60 ta ish o‘rni yaratildi.
Yana bir yirik loyiha — Midea brendi ostida yilda 300 ming dona maishiy texnika ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi yakunlanmoqda. Loyiha qiymati 42 million dollar bo‘lib, 150 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Texnoparkning birinchi bosqichida 9 ta loyiha joylashtirilgan. Hozirda yana 7 ta, umumiy qiymati 300 million dollarlik loyihalar bo‘yicha qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu doirada qurilish materiallari, kimyo mahsulotlari, metall konstruksiyalar, elektr jihozlari ishlab chiqarish, logistika hamda o‘quv-markazlari tashkil etiladi.
Loyihalarning to‘liq amalga oshirilishi natijasida texnoparkda yiliga 5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi, 15 turdagi yangi mahsulotlar o‘zlashtiriladi va 70 million dollarlik eksport salohiyati shakllanadi. Eng asosiysi — 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Davlat rahbari loyihalarni jadallashtirish, investorlarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Powered by Froala Editor