Shveysariya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
O'zbekiston
O‘zbekiston Shveytsariya bilan YATTga a’zo bo‘lish doirasidagi ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning YATT masalalari bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov o‘zining LinkedIn’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning yozishicha, 21-iyul kuni Jenevada muzokaralarni yakunlash bo‘yicha bayonnoma imzolangan. O‘runov ikki mamlakat delegatsiyalariga mashaqqatli va samarali ish uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Endi bir nechta davlat qoldi, ro‘yxat qisqarib bormoqda — teskari hisob boshlandi!" — deb yozdi u.
Shveytsariya O‘zbekiston YATTga qo‘shilish jarayonida kelishuvga erishgan 24-savdo hamkoriga aylandi. Avvalroq O‘zbekiston AQSH, Buyuk Britaniya, Pokiston va Tailand bilan ham muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlagan edi.
2024-yil 19-dekabr kuni AQSH bilan imzolangan protokolga Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va AQSH savdo vakili Ketrin Tay imzo chekkan.
Shveytsariya bilan muzokaralarning tugallanishi O‘zbekistonni YATTga to‘liq a’zo bo‘lish sari yana bir muhim qadamga yaqinlashtirdi.

Powered by Froala Editor