Putin va Tramp Xitoyda uchrashishi mumkin
Dunyo
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, agar Amerika sobiq yetakchisi Xitoyga kelsa, Vladimir Putin va Donald Trampning Pekindagi uchrashuvi bo‘lib o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda TASS nashri.
Britaniyaning The Times nashriga ko‘ra, Putin, Tramp va Si Szinpin Pekinda uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Nashr xabariga ko‘ra, bu taklif AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo kelishuvlari ortidan ilgari surilgan bo‘lib, ushbu kelishuvlar Trampning Xitoyga nisbatan keskin ritorikasini yumshatgan.
Germaniyalik siyosatshunos Aleksandr Rar esa bu uchrashuv Vashingtonning Rossiya va Pekinga nisbatan sanksiyalar va ultimatumlardan voz kechishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.
Rossiya tomoni allaqachon Xitoyga tashrif buyurishga tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuv kun tartibi, agar u bo‘lib o‘tsa, real vaziyat va tomonlarning kelishuvidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Powered by Froala Editor