Isroil G‘azoliklarni boshqa mamlakatlarga ko'chirish rejasini tayyorlayapti
Dunyo
Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats Isroil Mudofaa armiyasiga (IDF – TsAXAL) G‘azo sektoridagi fuqarolarga “o‘z xohishi bilan chiqish” imkonini beruvchi reja ishlab chiqishni buyurdi. Unga ko‘ra, falastinliklar o‘z hududini tark etib, ularni qabul qilishga tayyor bo‘lgan istalgan mamlakatga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Kats o'zining X sahifasida: "Reja chegaradagi o‘tish punktlari orqali chiqish variantlarini, shuningdek, dengiz va havo yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus mexanizmlarni o‘z ichiga oladi", deb yozdi.
Katsning fikriga ko‘ra, falastinliklarni Isroilning harbiy harakatlariga qarshi bo‘lgan davlatlar, jumladan Ispaniya, Irlandiya va Norvegiya qabul qilishi lozim.
Mudofaa vaziri AQSh prezidenti Donald Trampning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va bu rejani "G‘azo sektoridan chiqishni istagan fuqarolar uchun keng imkoniyatlar yaratadi", deb baholadi. Shuningdek, u bu harakatlar “qurolsizlantirilgan G‘azo”ni tiklashga xizmat qiladi va ushbu jarayon "ko‘p yillar talab qiladi", deya qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, u falastinliklarni Ispaniya, Irlandiya, Norvegiya va boshqa mamlakatlar qabul qilishi kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatlar Isroilni G‘azodagi harbiy harakatlari uchun "noto‘g‘ri ayblagan", shuning uchun "huquqiy majburiyat" sifatida u yerdagi aholini qabul qilishlari lozim deya qo'shimcha qildi.
Agar bu davlatlar bunga rozi bo‘lmasa, ularning "ikkiyuzlamachiligi fosh bo‘ladi", dedi Kats. Shuningdek, u Kanadani ham tilga oldi, chunki bu mamlakat "tashkillashtirilgan immigratsiya dasturiga ega" va ilgari G‘azo aholisi uchun qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

Powered by Froala Editor