Isroil Homanaiyni yo‘q qilish ehtimoliga ishora qilmoqda

Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Eronning ma’naviy yetakchisi Ali Xomanaiyni qattiq ogohlantirib, Saddam Husaynning taqdirini takrorlash xavfi borligini aytdi. "Eron qo‘shni mamlakatda (Iroqda) Isroilga qarshi xuddi shu yo‘lni tanlagan diktator (Saddam Husayn) taqdirini eslashi kerak," - dedi Kas.

Isroil Homanaiyni yo‘q qilish ehtimoliga ishora qilmoqda
Isroil Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, vazir harbiy qo‘mondonlik bilan yig‘ilish o‘tkazgan, unda Eronga davom etayotgan zarbalar atrofidagi vaziyat tahlil qilingan. Kas hujumlarni davom ettirish niyatini tasdiqladi va 16-iyun kuni Eron davlat televideniyesi binosiga havo hujumi uyushtirilganini eslatdi.

Avvalroq xorijiy OAVda Isroil go‘yoki Xomanaiyni yo‘q qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani, biroq AQSH prezidenti Donald Tramp bu rejani amalga oshirishga to‘sqinlik qilgani haqida xabar berilgandi. O‘z navbatida, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ABC telekanaliga bergan intervyusida Xomanaiyning yo‘q qilinishi hozirgi mojaroga chek qo‘yishi mumkinligini aytdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing