Isroil Madrimov - Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi

Sport

Birinchi oʻrta vaznda sobiq jahon chempioni Isroil Madrimovning 21-dekabr kuniga belginlangan jangi oʻtkazilmaydigan boʻldi.

Isroil Madrimov - Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi
Charm qoʻlqop ustamiz shu kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida ukrainalik Sergey Bogachukka qarshi ringga chiqishi kerak edi. Ammo oʻtkir bronxit, yaʼni Isroilning betobligi sababli ushbu jang bekor qilindi. Bu maʼlumotni jang tashkilotchisi, Saudiya Arabistoni koʻngilochar boshqarmasi boshligʻi Turki Al ash-Sheyx ham tasdiqladi.

“Bugun kechqurun shifokorlar Isroil Madrimovning oʻtkir bronxit bilan kasallanganini tasdiqlashdi. Shu boisdan uning Sergey Bogachukka qarshi 21-dekabr kuniga belgilangan jangi oʻtkazilmaydi. Isroilning oʻrnini britaniyalik bokschi Ismael Salas egallaydi. Madrimov esa endi 22-fevral kuni vaqtinchalik WBC chempioni Verjil Ortisga qarshi kechadigan jangiga tayyorgarlik koʻradi”, - dedi Al ash-Sheyx.

“Sergey hech ikkilanishsiz Madrimov bilan jangga rozilik bergandi. Isroil betob boʻlib qolganidan juda afsusdaman. Bogachuk yangi berilgan raqib Ismael Salasni ham xotirjam qabul qildi. Sergey bu diviziondagi kuchli jangchi ekanini isbotlashda davom etadi. U Turki Al ash-Sheyx va Riyadh Season tomonidan boʻlayotgan qoʻllab-quvvatlovni hamisha his qilib turadi”, — deya vaziyatga munosabat bildirdi Sergey Bogachukning promouteri Tom Leffler.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing