Isroil o‘z diplomatlarini Turkiyadan qaytarmoqda
Siyosat
Isroil Tashqi ishlar vaziri Eli Koen, diplomatlarini Turkiyadan olib chiqishga qaror qilganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 28-oktyabr oqshomida Turkiya Prezidenti Rejab Toyib Erdo’g‘an Istanbulda milliondan ortiq odam ishtirok etgan falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash mitingida nutq so‘zladi. U Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni terrorchi deb atadi, ishg‘olda Isroilni va Gʻarb davlatlarini falastinliklarni ommaviy qirg‘in qilishda aybladi.
“Turkiyaning bayonotlaridan kelib chiqib, men Isroil va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun u yerda joylashgan diplomatik vakillarni olib chiqishni buyurdim”, – deb yozdi Eli Koen X (sobiq Twitter) sahifasida.
Bildirilishicha, Istanbulda bir necha yil avval yopilgan “Otaturk” aeroportida ko‘plab odamlar ishtirokida Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun ruxsat etilgan keng ko‘lamli miting o‘tkazildi. Unda Turkiyaning yuqori martabali mulozimlari, rasmiylari va yirik tadbirkorlari, Istanbulda Falastin va Turkiya bayroqlarini ushlab turgan odamlar ishtirok etdi.

Powered by Froala Editor