Isroil qirgʻini oqibatida G'azodagi qurbonlar soni 10 ming kishidan oshib ketdi
Dunyo
Halok bo‘lganlar orasida 4 ming 237 nafar bola va 2 ming 719 nafar ayol bor.
Isroil armiyasi qamalda qolgan G'azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo'lgan falastinliklar soni 10 ming 328 kishiga yetib, jarohat olganlar esa 25 mingdan ortib ketdi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Ashraf al-Qudra ma’lum qildi, deya yozmoqda “Anadolu”.
Uning soʻzlariga ko‘ra, oʻtgan 24 soat ichida Falastin anklavining yana 252 nafar aholisi Isroil agressiyasi qurboniga aylangan.
Qayd etilishicha, qurbonlar orasida 4 ming 237 bola va 2 ming 719 ayol bor.
Departament vakilining qoʻshimcha qilishicha, bombardimon qilingan binolar vayronalari ostida qolgan 2350 kishi, jumladan 1300 nafar bola bedarak yoʻqolgan deb bilinmoqda.

Powered by Froala Editor