Isroil terrorchi davlat – Turkiya Prezidenti

Dunyo

Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida G‘azo rezolyutsiyasi bo‘yicha ovoz berishda betaraf qolgan davlat rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Isroil terrorchi davlat – Turkiya Prezidenti
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 15-noyabr kuni Anqarada hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi parlament fraksiyasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida Isroilni terrorchi davlat deb e'lon qildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

“Isroil G‘azo sektori va uning aholisini butunlay yo‘q qilish strategiyasini amalga oshirmoqda. Men Isroilni terrorchi davlat deb ochiq e'lon qilaman”, dedi Erdoʻgʻan.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektori aholisiga nisbatan shafqatsizligi Turkiya Respublikasi kun tartibida yetakchi o‘rinni egallaydi.

Ma’lum qilinishicha, Erdog'an, AQSh va G'arb davlatlaridan cheksiz yordamga ega bo'lgan Isroil hukumati 40 kundan beri G'azoning tinch aholiga qarshi qatliomlarini davom ettirganini, maktablar, masjidlar, cherkovlar, kasalxonalar, bozorlar, binolar va ko'chalarni ataylab nishonga olganini tilga olgan.

“Men Isroilni terrorchi davlat ekanligini ochiq aytaman. Siz HAMASni terrorchi tashkilot deb ataysiz. HAMAS Falastindagi saylovlarda qatnashgan va g'alaba qozongan siyosiy partiyadir. Saylovda g'alaba qozonganingizdan so'ng, siz undan bu huquqlarni tortib oldingiz”, dedi Prezident.

Erdo’g'anning ta'kidlashicha, agar Isroil o'z qirg'inini xuddi shu tarzda davom ettirsa, bu davlat butun dunyo la'natlagan terroristik davlat ekanligi hamma joyda qayd etiladi.

Turkiya rahbarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan sodir etilgan insoniyatga qarshi jinoyatlarga qarshi chiqmaganlar ham jinoyatchilar kabi bu jinoyatlarning ishtirokchilaridir.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Gʻazo fuqarolarining hayotini himoya qilish u yoqda tursin, agentlikning oʻz xodimlarini ham himoya qila olmaydi”, dedi Prezident.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Turkiya yaqin kelajakda G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha diplomatik aloqalarni oshirishni rejalashtirmoqda.

Xususan, Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 121 ovoz bilan qabul qilingan G‘azo bo‘yicha rezolyutsiyada ovoz berishda betaraf qolgan davlat rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing