Isroilda Netanyaxuning xotiniga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Dunyo

Isroilda Netanyaxuning ayoliga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Netanyaxu rafiqasiga guvohlarni qo‘rqitish, eri Bosh vazir Benjamin Netanyaxuga qarshi poraxo‘rlik ishi bo‘yicha tergovga aralashganlik ayblovlari qo‘yilgan.

Isroilda Netanyaxuning xotiniga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi
Davlat prokuraturasi tomonidan,  26-dekabr kuni Sara Netanyaxuga qarshi jinoyat ishi ochilgan. Tergovni Isroil politsiyasi va Davlat prokuraturasining kiberjinoyatlar bo‘limi olib bormoqda. Bu haqida Times of Israil rasman xabar bermoqda.

U erining asosiy guvohlariga qarshi kampaniyalar uyushtirganlikda va sud jarayoniga aralashganlikda gumon qilinmoqda. Tergov 12-telekanaldagi reportajdan so‘ng boshlangan. Jurnalistlar surishtiruvi natijalariga ko‘ra, Sara erining sobiq yordamchisidan Binyamin Netanyaxu ishi bo‘yicha asosiy guvoh bo‘lgan Xadas Klyaynga qarshi norozilik namoyishlari va internet kampaniyasi uyushtirishni so‘ragan.

Tergovga Isroil Bosh prokuraturasining politsiya va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari jalb etilgan. Tergovni boshlash to‘g‘risidagi ko‘rsatmani bosh prokuror Gali Baharav-Miara 26-dekabrda bergan. Sara Netanyaxuning advokati ishni siyosiy motivli va noxolis deb hisoblab, tergovni “siyosiylashtirilgan jodugarlar ovi” deb atagan.

Deputat Naama Lazimi Netunyaxu rafiqasi haqida shunday deydi: "Bosh vazirning xotini jinoyatchi sifatida hukm qilingan va biz tergovda o‘rganishimizcha, u jinoiy vakillariga zarar yetkazish va guvohni tuhmat qilish uchun yollagan – bu juda jiddiy jinoyatlar bo‘lib, u adolat oldida javob berishi kerak."

Ma'lumot o'rnida, Sara Netanyaxu 2019-yilda davlat mablag‘larini 50 ming dollar miqdoridagi davlat mablag‘larini maqsadsiz sarflaganlikda aybdor deb topilganligi sababli sudlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing