Tramp Pentagonni “Urush vazirligi” deb qayta nomlamoqchi

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni Mudofaa vazirligini “Urush vazirligi” deb qayta nomlash jarayonini boshlash haqidagi farmonni imzolash niyatida. Bu haqda Amerika OAVlari Oq uy manbalariga tayanib xabar berdi.

Tramp Pentagonni “Urush vazirligi” deb qayta nomlamoqchi
Hujjat loyihasida qayd etilishicha, “Urush vazirligi” nomining qaytarilishi idoraning e’tiborini milliy manfaatlarga qaratadi va raqiblarga Amerika o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun urushishga tayyor ekanini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, prezident buni yakka tartibda amalga oshira olishi noma’lum. Chunki Mudofaa vazirligi 1789-yilda Kongress qarori bilan tashkil etilgan, nomini o‘zgartirish esa tegishli qonunni talab qiladi.

Washington Post’ning yozishicha, Tramp ma’muriyati cheklovni aylanib o‘tishga urinib, “Urush vazirligi” nomini qo‘shimcha sifatida joriy etishi mumkin. Bu Pentagon rahbariga va vazirlikka rasmiy yozishmalarda, ommaviy chiqishlarda va marosimlarda ushbu nomdan foydalanishga imkon beradi.

Qayta nomlash katta xarajatlarni ham talab qiladi, chunki Pentagon ramzlari yuzlab obyektlar va hukumat binolarida joylashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing