Nigina O‘ktamova terma jamoamiz uchun turnirni yorqin g‘alaba bilan ochdi

Sport

O‘zbekiston terma jamoasi Liverpuldagi boks bo‘yicha jahon chempionatini muvaffaqiyatli boshladi: birinchi bo‘lib Nigina O‘ktamova ringga ko‘tarildi va jamoaga g‘alaba keltirdi.

Nigina O‘ktamova terma jamoamiz uchun turnirni yorqin g‘alaba bilan ochdi
Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati boshlandi. O‘zbekiston terma jamoasi safidan birinchi bo‘lib ringga chiqqan Nigina O‘ktamova (-54 kg) Qozog‘iston vakilasi Elina Bazarovani mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Musobaqaning ikkinchi kunida yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi jang qiladi. -57 kg vazn toifasida Xumorabonu Mamajonova Yangi Zelandiyalik Lai-Karlile Ali bilan bahs olib boradi. -50 kg vazn toifasida Shodiyorjon Meliqo‘ziyev Saudiya Arabistonidan Nafav Avaji bilan to‘qnashadi. +90 kg vaznda esa Jahongir Zokirov jazoirlik Mourad Kadi bilan kuch sinashadi.

O‘ktamovaning ilk g‘alabasi butun terma jamoaga ijobiy ruh bag‘ishlab, kelgusida ham yirik natijalar kutish mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing