Isroilliklar urushni to‘xtatishni talab qilishmoqda
Dunyo
2025-yil 7-aprel kuni Tel-Aviv shahrida minglab izroilliklar hukumatga qarshi namoyish o‘tkazishdi. Ular HAMAS bilan garovdagi fuqarolarni ozod etish va G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv tuzishni talab qilishdi.
Namoyishlar Binyamin Netanyaxuning AQSHga tashrifi bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tdi. Yaqinda HAMAS tomonidan ozod etilgan garovdagilar, ularning oilalari va tarafdorlari AQSh prezidenti Donald Trampdan urushni to‘xtatishda yordam so‘rashdi.
Shuningdek, namoyishchilar Isroil xavfsizlik xizmati – SHABAK rahbari Ronen Barning lavozimidan bo‘shatilishiga qarshi norozilik bildirishdi. Isroil Oliy sudi bu qarorga vaqtincha taqiq qo‘ygani va 8 aprel kuni ushbu masala bo‘yicha sud majlisi o‘tkazilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 7 oktyabr kuni HAMAS Isroilga yirik hujum uyushtirgan edi. Natijada yuzlab odamlar halok bo‘lgan, taxminan 250 kishi garovga olingan. Isroil bunga javoban HAMASga qarshi urush e’lon qilgan. G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar davomida 50 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgani aytilmoqda.

Powered by Froala Editor