Isroilning Bayrutga qilingan zarbalari natijasida qurbonlar soni 22 kishiga yetdi

Dunyo

Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, 22 kishi halok bo'lgan, yana 117 kishi jarohat olgan.

Isroilning Bayrutga qilingan zarbalari natijasida qurbonlar soni 22 kishiga yetdi
Shu bilan birga, CNN manbalariga tayanib, Livan shi’it harakati Hezbollahning "yuqori lavozimli rasmiysi" Wafiq Safa omon qolganligini xabar qilmoqda.

Hezbollah manbalari va Isroil ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko'ra, Safa Isroilning Bayrutga qilingan havo zarbalari maqsadi bo'lgan. U Hezbollah a'zolarining sayohatlarini tashkil etish va kontrabanda operatsiyalarini amalga oshirishda mas'ul deb hisoblanadi.

Sentabr oyi oxiridan beri Isroil janubiy Livan va Bayrutga havo zarbalarini faol ravishda amalga oshirib, Hezbollahning infratuzilmasini yo'q qilmoqda. Isroil Mudofaa Kuchlari (IDF) ham janubiy Livandagi chegara hududida Hezbollah maqsadlariga qarshi cheklangan yer operatsiyalarini boshlashini e'lon qildi.

Bunga javoban, Hezbollah jangchilari har kuni Isroil hududiga raketa hujumlarini amalga oshirmoqda.

IDF tomonidan Telegram kanalida e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, payshanba kuni soat 23:00 ga kelib, o‘tgan 24 soat ichida Hezbollah tomonidan otilgan taxminan 190 snaryad Livandan Isroilga tegdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing