Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘l loyihasi yangi bosqichga chiqmoqda
Iqtisodiyot
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘l loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va mintaqaning transport aloqalarini mustahkamlash hamda xalqaro savdo hajmini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Loyiha qurilishi va uning keyingi rivoji O‘zbekiston hamda Xitoy vakillari uchrashuvining asosiy mavzusi bo‘ldi.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoy davlat temiryo‘llari korporatsiyasi raisi o‘rinbosari Van Szinsi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar strategik temiryo‘l qurilishi belgilangan jadval asosida davom etayotganini qayd etdilar.
Shuningdek, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston multimodal yo‘lagi samaradorligini oshirish, logistika tizimini takomillashtirish hamda Qashg‘ar chegara stansiyasiga eksport maqomini berish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha ijrosini muntazam monitoring qilish va transport sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

Powered by Froala Editor